QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Infitar surasi · Oyatсураси · Оят4

وَإِذَا ٱلْقُبُورُ بُعْثِرَتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va vaqtiki, qabrlar ostin-ustin bo`lsa.Ва вақтики, қабрлар остин-устин бўлса.Alauddin Mansour: Qabrlar toʻnkarib qoʻyilganida (yaʼni, ularning ichidagi insonlarga jon ato etilib Yer yuziga chiqarilganlarida);Қабрлар тўнкариб қўйилганида (яъни, уларнинг ичидаги инсонларга жон ато этилиб Ер юзига чиқарилганларида);

587-sahifa · 30-juz · 59-hizb587-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva vaqtikiва вақтикиٱلْقُبُورُqabrlarқабрларبُعْثِرَتْostin-ustin boʻlsaостин-устин бўлса
TafsirТафсир

U vaqtdagi ostin-ustin boʻladigan qabrlar Odam Atodan tortib oʻsha kungacha boʻlgan barcha qabrlardir. Bu taʼbir Odam Atodan tortib to qiyomatgacha oʻtgan barcha insonlar qayta tirilishini ifoda qiladi.

Yuqoridagi oyatlarda qiyomat kuni dahshatlari, osmon, yulduzlar, dengizlar holati qandoq boʻlishi va oʻliklar qabrlaridan turishi taʼkidlandi. Xoʻsh, qabrdan turgandan soʻng nima boʻladi?