QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Infitar surasi · Oyatсураси · Оят5

عَلِمَتْ نَفْسٌ مَّا قَدَّمَتْ وَأَخَّرَتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir jon — nimani taqdim qildiyu nimani ta'xir qildi — biladir.Ҳар бир жон — нимани тақдим қилдию нимани таъхир қилди — биладир.Alauddin Mansour: (Ana oʻsha Kunda har bir) jon oʻzi (hayoti dunyodalik chogʻida) qilib oʻtgan va (oʻzidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarni (yaʼni, yaxshi-yomon amallarini) bilur!(Ана ўша Кунда ҳар бир) жон ўзи (ҳаёти дунёдалик чоғида) қилиб ўтган ва (ўзидан кейин) қолдирган (барча) нарсаларни (яъни, яхши-ёмон амалларини) билур!

587-sahifa · 30-juz · 59-hizb587-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَلِمَتْbiladiбиладиنَفْسٌۭ(har bir) jon(ҳар бир) жонمَّاnimaniниманиقَدَّمَتْtaqdim qildiтақдим қилдиوَأَخَّرَتْva (nimani) taʼxir qildiва (нимани) таъхир қилди
TafsirТафсир

Chunki, bu narsalar hisob-kitobda aniqlanadi. Oʻsha dahshatli qiyomat kunida hammaning bu dunyoda taqdim qilgan yaxshi amallari, zarracha boʻlsa ham, hisoblab, oʻziga bildiriladi. Shuningdek, oʻsha kunda har bir shaxsning zarracha gunohi boʻlsa ham, hisoblab, oʻziga bildiriladi.

Qiyomat, hisob-kitob boʻlishi haq boʻlsa, demak, inson bu dunyoda harakat qilishi kerak. Shuning uchun, Qurʼon kelasi oyatlarda gʻururga ketgan insonga xitob qiladi: