QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Infitar surasi · Oyatсураси · Оят7

ٱلَّذِى خَلَقَكَ فَسَوَّىٰكَ فَعَدَلَكَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U seni to`la-to`kis va mo`'tadil qilib yaratgandi.У сени тўла-тўкис ва мўътадил қилиб яратганди.Alauddin Mansour: U seni yaratib, soʻng (barcha aʼzolaringni) tiklab, soʻng (qomatingni ham) raso qilib, qoʻygan Zot-ku!У сени яратиб, сўнг (барча аъзоларингни) тиклаб, сўнг (қоматингни ҳам) расо қилиб, қўйган Зот-ку!

587-sahifa · 30-juz · 59-hizb587-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِىU zotkiУ зоткиخَلَقَكَseni yaratdiсени яратдиفَسَوَّىٰكَbas, seni toʻla-toʻkis qildiбас, сени тўла-тўкис қилдиفَعَدَلَكَva seni moʻʼtadil qildiва сени мўътадил қилди
TafsirТафсир

Alloh taoloning insonni toʻla-toʻkis qilib yaratishi–uni nuqsonsiz qilib, oʻziga kerak boʻlgan hamma aʼzolar bilan taʼminlab yaratishidir. Darhaqiqat, insonning tuzilishiga, uning aʼzolariga diqqat bilan nazar solgan har bir shaxs bu maʼnoni darhol fahmlab yetadi. Bu masalani yaxshilab oʻrgangan mutaxassislar esa, inson vujudida inson aqli bovar qilmaydigan toʻla-toʻkislik borligini tushunib yetib, Alloh taologa iymon keltiradilar. Insonning qon aylanish tizimi, koʻrishi, hid bilishi, fikrlashi, asabi, xotirasi va boshqa tomonlarini oʻrganganlar esa, mazkur narsalardagi toʻlatoʻkislik va mutanosiblikni koʻrib hayratga tushadilar. Shuning uchun ham, insonni oʻrganish boʻyicha AQSHdagi katta ilmiy markazga qirq yildan ortiq rahbarlik qilgan, dunyoning eng katta ilmiy mukofotlarini olgan kishi ham «Inson, ana oʻsha majhul» nomli kitob yozdi.

Insonning Alloh taolo tomonidan moʻʼtadil qomat va aʼzolar ila yaratilganligi haqida gapirishning oʻzi umuman ortiqcha ish.

Xoʻsh, Alloh taolo insonni shundoq qilib yaratib qoʻyibdi. Alloh tomonidan toʻla-toʻkis va moʻʼtadil etib yaratilgan oʻsha inson hech boʻlmasa, oʻzining toʻla-toʻkisligidan foydalanganda Xoliqiga shukr qilsa boʻlmaydimi?! Oʻsha inson, hech boʻlmasa, oʻzining moʻʼtadilligidan manfaat topganda oʻz Xoliqiga shukr qilsa boʻlmaydimi?! Alloh taolo haqida gʻururga ketishni unga kim qoʻyibdi?!