فِىٓ أَىِّ صُورَةٍ مَّا شَآءَ رَكَّبَكَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zi xohlagan suvratda seni tarkib qildi.Ўзи хоҳлаган сувратда сени таркиб қилди.Alauddin Mansour: U seni Oʻzi qay suratni xohlagan boʻlsa, (oʻsha surat — shaklda) tarkib toptirdi — ijod qildi-ku!У сени Ўзи қай суратни хоҳлаган бўлса, (ўша сурат — шаклда) таркиб топтирди — ижод қилди-ку!
Haqiqatan, insonning tuzilishi, jismi, aqli, his-tuygʻulari va boshqa jihatlari bitmas-tuganmas moʻʼjiza. Butun dunyo qoʻshilib uringanda ham birorta tirnoqni oʻz holiga qayta tiklay olmaydi. Inson oʻylab koʻrsa, bu haqiqatni tushunib yetadi. Kim uni bundoq qilib yaratdi? Oʻzini oʻzimi? Yoki maymunmi? Yoki yana bosh- qa sabab bormi? Yoʻq, faqat barcha narsaga qodir Robbul olamiyn shunday qila oladi, xolos.