QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Inshiqaq surasi · Oyatсураси · Оят15

بَلَىٰٓ إِنَّ رَبَّهُۥ كَانَ بِهِۦ بَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ha! Albatta, Robbi uni doim ko`rib turuvchi edi.Ҳа! Албатта, Робби уни доим кўриб турувчи эди.Alauddin Mansour: Yoʻq, Parvardigori uni shubhasiz koʻrib turguvchi edi.Йўқ, Парвардигори уни шубҳасиз кўриб тургувчи эди.

589-sahifa · 30-juz · 59-hizb589-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَلَىٰٓha!ҳа!إِنَّalbattaалбаттаرَبَّهُۥRobbisiРоббисиكَانَediэдиبِهِۦuniуниبَصِيرًۭاdoim koʻrib turuvchiдоим кўриб турувчи
TafsirТафсир

Ha, Robbisi uni albatta qayta tiriltiradi. Ha, Robbisi uning qilmishiga yarasha albatta jazosini beradi. Chunki:

«Robbisi uni doim koʻrib turuvchi edi».

Har bir ishini bilib, hisob-kitobini qilib turuvchi edi. Endi ana oʻsha koʻrgani, bilgani va hisob-kitob qilganiga muvofiq, hech qoldirmay, jazosini beradi.

Fururga ketgan, adashib, Robbisini, qiyomat kunini unutgan gʻofil insonga Alloh taolo kelgusi oyatlarda Oʻzining ilohiy qudrati koʻrinishlarini vaʼz-nasihat uchun keltiradi.

Shu bilan birga, oʻsha narsalar ila qasam ichib, kofir va osiylar qiyomat kuni qiynoqlarini ketma-ket boshlaridan kechirishlarini taʼkidlaydi.