QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Inshiqaq surasi · Oyatсураси · Оят19

لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَن طَبَقٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar.Албатта, сизлар табақама-табақа минасизлар.Alauddin Mansour: Albatta sizlar (ey insonlar), tabaqadan tabaqaga minursizlar (yaʼni, bir holdan ikkinchi holga koʻchib turursizlar).Албатта сизлар (эй инсонлар), табақадан табақага минурсизлар (яъни, бир ҳолдан иккинчи ҳолга кўчиб турурсизлар).

589-sahifa · 30-juz · 59-hizb589-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَتَرْكَبُنَّalbatta, minasizlarалбатта, минасизларطَبَقًاtabaqaтабақаعَن-dan keyin-дан кейинطَبَقٍۢtabaqaтабақа
TafsirТафсир

Yaʼni, qiyomat kuni qiynoqlarini birin-ketin boshingizdan kechirasiz.

Qadimgi tafsirchilarimiz «Tobaqan an tobaqin»ni qiyomat qiynoqlari darajalari–qavatlari deb tushunganlar. Lekin boshqacha fikrdagilar ham bor, jumladan, imom Tobariy Hasan al-Basriy va Abul Oliyadan qilgan rivoyatlarida ulkan sahobiy Abdulloh ibn Maʼsud mazkur jumla tafsirida: «Osmonga bir holdan ikkinchi holga oʻtib minasizlar», degan ekanlar. Shunga oʻxshash fikrlarga suyanib va oyatlarga ilmiy yondashib, hozirgi ulamolarimiz mana shu oyatni fazo kemalarida insonning osmonga chiqishiga ishorat, deb aytishadi.

Bas, qiyomat kuni qiynoqlariga ketma-ket minish haq ekan, odamlarga nima boʻlgan...