QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Inshiqaq surasi · Oyatсураси · Оят2

وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(osmon) o`z Robbisiga quloq osdi, bo`ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi.У(осмон) ўз Роббисига қулоқ осди, бўйсунди ва шундоқ бўлиши керак эди.Alauddin Mansour: Va u Parvardigori(ning yorilish toʻgʻrisidagi amri)ga quloq tutgan — (mana shu amrga) loyiq topilgan vaqtda;Ва у Парвардигори(нинг ёрилиш тўғрисидаги амри)га қулоқ тутган — (мана шу амрга) лойиқ топилган вақтда;

589-sahifa · 30-juz · 59-hizb589-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَذِنَتْva quloq osdiва қулоқ осдиلِرَبِّهَاoʻz Robbisigaўз Роббисигаوَحُقَّتْva shundoq boʻlishi kerak ediва шундоқ бўлиши керак эди
TafsirТафсир

Osmon shunchalar ulkan boʻlsa ham, shunchalar yuksak boʻlsa ham, shunchalar mustahkam boʻlsa ham oʻz Robbisiga quloq osdi, amriga «labbay» deb javob berdi va boʻysundi. Shuning uchun ham, parcha-parcha boʻlib yorildi. Aslida, shunday boʻlishi kerak edi. Har bir maxluq oʻz Robbisi–Allohga quloq osishi, amriga boʻysunishi lozim edi. Shu jumladan, Alloh taoloning maxluqotlaridan biri boʻlmish osmon ham Allohga quloq osib, boʻysunishi lozim edi, shundoq boʻldi. Alloh taoloning bu dunyodagi maxluqotlari ichida Unga quloq osmaydigan va boʻysunmaydigan birgina maxluq bor, u ham boʻlsa, kofir inson.