وَأَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va o`z ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa.Ва ўз ичидаги нарсаларни отиб чиқариб, холи қолса.Alauddin Mansour: Va oʻz ichidagi (jasadlarni ustiga) chiqarib tashlab, boʻshanib olgan vaqt;Ва ўз ичидаги (жасадларни устига) чиқариб ташлаб, бўшаниб олган вақт;
Qiyomat kuni yer choʻzilishi bilan bir vaqtda, oʻz ichidagi narsalarni tashqariga otib, xoli qolar ekan. Ha, qiyomat kuni yer oʻz ichidagi konlarni, maʼdanlarni va eng muhimi, oʻliklarni tashqariga otib, xoli qoladi. Hamma narsa tep-tekis choʻziq yer ustida namoyon boʻlib turadi.
Aslida, yer uncha-munchaga choʻzilib, ustidagi togʻlari va boshqa narsalarni yoʻqotib, ichidagi barcha narsalarni chiqarib, xoli boʻlishi mumkin emas. Yer shar shaklidagi ulkan bir maxluq boʻlib, baland togʻlari, chuqur ummonlari bor, bu dunyodagi juda koʻp narsalarni oʻz domiga tortib berkituvchi bir narsadir. Yer yuzida biror kattaroq hodisa boʻlishi ham amrimahol edi. Uning oʻz ichidagi barcha narsalarni tashqariga otib, xoli boʻlib qolishi ham amrimahol edi. Ammo...