QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Inshiqaq surasi · Oyatсураси · Оят5

وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(er) o`z Robbisiga quloq osdi, bo`ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi.У(ер) ўз Роббисига қулоқ осди, бўйсунди ва шундоқ бўлиши керак эди.Alauddin Mansour: Va u Parvardigori(ning yoyilib, tep-tekis boʻlish toʻgʻrisidagi amri)ga quloq tutgan — (mana shu amrga) loyiq topilgan vaqtda (ana oʻsha Qiyomat Kunida har bir inson oʻzi qilib oʻtgan amallariga roʻbaroʻ boʻlur)!Ва у Парвардигори(нинг ёйилиб, теп-текис бўлиш тўғрисидаги амри)га қулоқ тутган — (мана шу амрга) лойиқ топилган вақтда (ана ўша Қиёмат Кунида ҳар бир инсон ўзи қилиб ўтган амалларига рўбарў бўлур)!

589-sahifa · 30-juz · 59-hizb589-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَذِنَتْva quloq osdiва қулоқ осдиلِرَبِّهَاoʻz Robbisigaўз Роббисигаوَحُقَّتْva shundoq boʻlishi kerak ediва шундоқ бўлиши керак эди
TafsirТафсир

Yer shunchalar katta boʻlsa ham, oʻzi shar shaklida boʻlsa ham, mustahkam boʻlsa ham, oʻz Robbisiga quloq osdi, amriga, «labbay» deb javob berdi va boʻysundi. Shuning uchun ham, tep-tekis holga keldi, ichidagi narsalarni tashqariga otib, xoli boʻldi. Aslida, shunday boʻlishi kerak ham edi. Bu dunyodagi har bir maxluq oʻz Robbisi–Alloh taologa quloq osishi, Uning amriga boʻysunishi lozim edi. Shu jumladan, Alloh taoloning maxluqotlaridan bir maxluq boʻlmish yer ham Alloh taologa quloq osib boʻysunishi lozim edi, shundoq boʻldi. Ha, bu dunyodagi barcha maxluqotlar Allohning amriga soʻzsiz boʻysunadilar. Alloh taoloning bu dunyodagi maxluqotlari ichida Unga quloq osmaydigan, boʻysunmaydigan birgina maxluq bor, u ham boʻlsa, kofir inson.

Mazkur oyatlarda qiyomat kunidan baʼzi koʻrinishlar vasf qilindi, osmonning, yerning holati qandoq boʻlishi, osmon yorilib, yer choʻzilib uning ichidagi oʻliklar, konlar va boshqa narsalarning otilib chiqishi bayon qilindi. Endi esa, inson hayotining yer yuzidagi haqiqati va oqibati haqida soʻz yuritiladi.