QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Inshiqaq surasi · Oyatсураси · Оят6

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْإِنسَـٰنُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدْحًا فَمُلَـٰقِيهِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey inson! Albatta, sen Robbingga yo`liqquningcha, harakatu urinishda bo`lasan va oxiri unga yo`liqasan ham.Эй инсон! Албатта, сен Роббингга йўлиққунингча, ҳаракату уринишда бўласан ва охири унга йўлиқасан ҳам.Alauddin Mansour: Ey inson, albatta sen mehnat-mashaqqat chekib Parvardigoringga (yaʼni, Uning mukofot yoki jazosiga) borguvchisan, bas, (bu hayoti dunyodan oʻtganingdan soʻng) U zotga yoʻliqquvchisan.Эй инсон, албатта сен меҳнат-машаққат чекиб Парвардигорингга (яъни, Унинг мукофот ёки жазосига) боргувчисан, бас, (бу ҳаёти дунёдан ўтганингдан сўнг) У зотга йўлиққувчисан.

589-sahifa · 30-juz · 59-hizb589-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلْإِنسَـٰنُinsonинсонإِنَّكَalbatta, senалбатта, сенكَادِحٌharakatu urinishda boʻluvchisanҳаракату уринишда бўлувчисанإِلَىٰ-ga (tomon)-га (томон)رَبِّكَRobbingРоббингكَدْحًۭاurinish ilaуриниш илаفَمُلَـٰقِيهِva oxiri unga yoʻliqarsanва охири унга йўлиқарсан
TafsirТафсир

Inson oʻz hayotida turli qiyinchiliklarga duch keladi. Hayot matohlaridan, lazzatlaridan bahramand boʻlaman deb, oʻzini har tarafga uradi, lekin baribir, boradigan joyi bitta, u ham boʻlsa Robbul olamiyn huzuridir. Demak, oʻsha boradigan yagona joyni koʻz oldiga qoʻyib harakat qilishi lozim boʻladi.

Ana oʻsha bir kuni kelib oʻz Robbisiga muloqot boʻlishini koʻz oldiga qoʻyib, iymon keltirib, ibodatu taqvo bilan yashab oʻtgan bandalarning Alloh taologa yoʻliqqanda qandoq boʻlishi kelgusi uch oyatda vasf qilinadi.