QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Buruj surasi · Oyatсураси · Оят15

ذُو ٱلْعَرْشِ ٱلْمَجِيدُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, Arsh egasi hamda qadri ulug` Zotdir.У, Арш эгаси ҳамда қадри улуғ Зотдир.Alauddin Mansour: (U) arsh sohibi boʻlmish buyuk Zotdir.(У) арш соҳиби бўлмиш буюк Зотдир.

590-sahifa · 30-juz · 59-hizb590-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذُوegasiэгасиٱلْعَرْشِArshАршٱلْمَجِيدُqadri ulugʻқадри улуғ
TafsirТафсир

Ha, Alloh taolo buyuk narsa boʻlmish Arshning ham egasidir. Bu joyda Arshni zikr qilish Alloh taoloning naqadar ulugʻ zot ekanini bandalarga sezdirish uchundir. Chunki, Arsh Alloh taolo tomonidan xalq qilingan narsalarning eng ulugʻidir. Arsh Alloh taoloning yetti osmondan ham keng boʻlgan bir narsasidir. Arshning bu xilda yaratilishi uni yaratgan Xoliqning qudratiga dalildir. Shunchalar qudratga molik boʻlgan ulugʻ zot, albatta, Oʻzining moʻmin bandalariga zulm qilgan zolimlarni zulmlariga yarasha azoblashi turgan gap. Chunki: