فَعَّالٌ لِّمَا يُرِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U nimani xohlasa, qila oluvchi Zotdir.У нимани хоҳласа, қила олувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (U) istagan narsasini amalga oshirguvchidir.(У) истаган нарсасини амалга оширгувчидир.
Shu jumladan, qiynoqda, azob-uqubatda qolgan moʻminlarga ham xohlagan lahzada yordam, nusrat berishi hech gap emas. Lekin Alloh taolo ularni sinovdan oʻtkazadi. «Yunus» surasining 30-oyatida: «Albatta biz sizlarni sinab koʻramiz, toki sizlardan mujohidlar kim-u, sabrlilar kimligini bilishimiz uchun»,–deydi.
Oʻz qudratini eslatib qoʻyganidan soʻng, Alloh taolo kelasi oyatlarda, juda qisqa ishora bilan, oʻtgan kofir qavmlarning oqibati nima boʻlganini eslatib oʻtadi va shu bilan kofirlarga yana bir bor tanbeh va moʻminlarga tasalli beradi.