هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلْجُنُودِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga askarlarning xabari keldimi?Сенга аскарларнинг хабари келдими?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga qoʻshinlarning xabari keldimi?(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга қўшинларнинг хабари келдими?
Firʼavn qissasi mashhur. Misr podshohi Bani Isroilni qiynab azoblagan, oʻgʻil bolalarini oʻldirib, qiz bolalarini qoldirgan, oxiri xudolik daʼvosini qilgan. Alloh taolo unga va qavmiga Muso va Horun alayhimassalomlarni Paygʻambar qilib yuborganda, iymon keltirganlarni va Paygʻambarni oʻldirmoqchi boʻlgan, shunda Alloh taolo uni askarlari bilan dengizga gʻarq qilib, halok qilgan.
Samud boʻlsa, Solih alayhissalomning qavmi. Ular Madiyna bilan Shom orasidagi togʻli diyorda yashaganlar. Togʻlardan toshlarni teshib, uylar, qasrlar qurganlar. Alloh taolo ularga Solih alayhissalomni Paygʻambar etib yuborsa, koʻpchiligi iymon keltirmay, moʻʼjiza soʻraganlar. Shunda Alloh taolo xarsang toshdan moʻʼjiza etib, bir boʻtaloqli tuyani chiqarib bergan. Oʻsha yerdagi suvni bir kun tuya, bir kun boshqalar ichishiga, qavm tuyaga ozor bermasligiga amr boʻlgan. Lekin kofirlar osiy boʻlib, tuya bilan bolasini oʻldirganlar. Solih Paygʻambar xafa boʻlib, uch kundan soʻng azob kelishini aytib, oʻzlariga ergashgan oz sonli moʻminlar bilan diyorni tark qilganlar. Uch kun oʻtgandan soʻng tong chogʻida qattiq ovoz kelib, hamma jonzotni halok qilgan. Mana, kufrning oqibati nima bilan tugashini koʻrib qoʻying.