QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Buruj surasi · Oyatсураси · Оят18

فِرْعَوْنَ وَثَمُودَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avn va Samudning.Фиръавн ва Самуднинг.Alauddin Mansour: — Firʼavn (va uning odamlarining) hamda Samud (qabilasining xabari keldimi?)— Фиръавн (ва унинг одамларининг) ҳамда Самуд (қабиласининг хабари келдими?)

590-sahifa · 30-juz · 59-hizb590-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فِرْعَوْنَFirʼavnФиръавнوَثَمُودَva Samudва Самуд
TafsirТафсир

Firʼavn qissasi mashhur. Misr podshohi Bani Isroilni qiynab azoblagan, oʻgʻil bolalarini oʻldirib, qiz bolalarini qoldirgan, oxiri xudolik daʼvosini qilgan. Alloh taolo unga va qavmiga Muso va Horun alayhimassalomlarni Paygʻambar qilib yuborganda, iymon keltirganlarni va Paygʻambarni oʻldirmoqchi boʻlgan, shunda Alloh taolo uni askarlari bilan dengizga gʻarq qilib, halok qilgan.

Samud boʻlsa, Solih alayhissalomning qavmi. Ular Madiyna bilan Shom orasidagi togʻli diyorda yashaganlar. Togʻlardan toshlarni teshib, uylar, qasrlar qurganlar. Alloh taolo ularga Solih alayhissalomni Paygʻambar etib yuborsa, koʻpchiligi iymon keltirmay, moʻʼjiza soʻraganlar. Shunda Alloh taolo xarsang toshdan moʻʼjiza etib, bir boʻtaloqli tuyani chiqarib bergan. Oʻsha yerdagi suvni bir kun tuya, bir kun boshqalar ichishiga, qavm tuyaga ozor bermasligiga amr boʻlgan. Lekin kofirlar osiy boʻlib, tuya bilan bolasini oʻldirganlar. Solih Paygʻambar xafa boʻlib, uch kundan soʻng azob kelishini aytib, oʻzlariga ergashgan oz sonli moʻminlar bilan diyorni tark qilganlar. Uch kun oʻtgandan soʻng tong chogʻida qattiq ovoz kelib, hamma jonzotni halok qilgan. Mana, kufrning oqibati nima bilan tugashini koʻrib qoʻying.