ٱلَّذِى يَصْلَى ٱلنَّارَ ٱلْكُبْرَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U katta olovga kiradir.У катта оловга кирадир.Alauddin Mansour: Katta oʻtga (doʻzaxga) kiradigan (badbaxt kimsa oʻzini nasihatdan chetga olur).Катта ўтга (дўзахга) кирадиган (бадбахт кимса ўзини насиҳатдан четга олур).
Bu degani, mazkur badbaxt azobda bardavom boʻladi, deganidir. Chunki, oʻlsa, azobdan qutulib ketadi. Haqiqiy tirik boʻlsa ham, hayotdan manfaatdor boʻlishi kerak.
Demak, bu dunyoda vaʼz-nasihat va eslatmadan chetda boʻlgan badbaxt u dunyoda oxiratning katta oloviga kiradi va oʻsha olov ichida oʻlib-oʻlmay, tirilib-tirilmay doimiy azob-uqubat ichida qoladi. Albatta, eslatmadan chetda boʻlgani uchun, iymon, Islom, amal-ibodatdan uzoqda boʻlgani uchun shunday boʻladi. Ammo oʻsha badbaxtning holi tamoman boshqacha tarzda, eng yaxshi holatlarda boʻlishi ham mumkin edi. Buning uchun esa, vaʼz-nasihat va eslatmadan chetda boʻlmasligi va quyidagi oyatlarda zikr qilinadigan ishlarni qilishi kerak edi.