QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'la surasi · Oyatсураси · Оят13

ثُمَّ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, uning ichida o`lmay ham, tirilmay ham qoladir.Сўнгра, унинг ичида ўлмай ҳам, тирилмай ҳам қоладир.Alauddin Mansour: Soʻngra u joyda na oʻla olur va na yashay olur!Сўнгра у жойда на ўла олур ва на яшай олур!

592-sahifa · 30-juz · 60-hizb592-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграلَاemasэмасيَمُوتُoʻladiўладиفِيهَاuning ichidaунинг ичидаوَلَاva emasва эмасيَحْيَىٰtiriladiтирилади
TafsirТафсир

Bu degani, mazkur badbaxt azobda bardavom boʻladi, deganidir. Chunki, oʻlsa, azobdan qutulib ketadi. Haqiqiy tirik boʻlsa ham, hayotdan manfaatdor boʻlishi kerak.

Demak, bu dunyoda vaʼz-nasihat va eslatmadan chetda boʻlgan badbaxt u dunyoda oxiratning katta oloviga kiradi va oʻsha olov ichida oʻlib-oʻlmay, tirilib-tirilmay doimiy azob-uqubat ichida qoladi. Albatta, eslatmadan chetda boʻlgani uchun, iymon, Islom, amal-ibodatdan uzoqda boʻlgani uchun shunday boʻladi. Ammo oʻsha badbaxtning holi tamoman boshqacha tarzda, eng yaxshi holatlarda boʻlishi ham mumkin edi. Buning uchun esa, vaʼz-nasihat va eslatmadan chetda boʻlmasligi va quyidagi oyatlarda zikr qilinadigan ishlarni qilishi kerak edi.