سَنُقْرِئُكَ فَلَا تَنسَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz senga (Qur'onni) qiroat qildiramiz, bas, sen uni esdan chiqarmassan.Биз сенга (Қуръонни) қироат қилдирамиз, бас, сен уни эсдан чиқармассан.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizni (Jabroil farishta vositasida Qurʼon) qiroat qildirurmiz. Bas, siz (biron oyat)ni unutmassiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сизни (Жаброил фаришта воситасида Қуръон) қироат қилдирурмиз. Бас, сиз (бирон оят)ни унутмассиз.
Bu sura yuqorida aytganimizdek, eng avval tushgan suralardan boʻlib, mazkur oyat uning ulkan moʻʼjizalaridan biridir. Chunki, oʻqish-yozishni bilmagan Muhammad alayhissalomga ulkan Qurʼonni esdan chiqarmaslikka vaʼda berilyapti. Haqiqatan ham, yigirma uch yil davomida Jabroil alayhissalom keltirgan uzun-uzun oyatu suralarni Muhammad alayhissalom hech qachon yoddan chiqarmadilar. Bu ham boʻlsa, Alloh taoloning inoyati va bergan vaʼdasiga vafosi. Alloh taolodan oʻzga hech kim avvaldan bundoq vaʼda bera olmaydi, sharmanda boʻlishdan qoʻrqadi.