QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'la surasi · Oyatсураси · Оят7

إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلْجَهْرَ وَمَا يَخْفَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Illo, Alloh xohlaganini. Albatta, U oshkorni ham, maxfiy narsalarni ham biladir.Илло, Аллоҳ хоҳлаганини. Албатта, У ошкорни ҳам, махфий нарсаларни ҳам биладир.Alauddin Mansour: Allohning Oʻzi (unutishingizni) xohlagan oyatlardan boshqa (biron oyatni unutmassiz). Albatta U zot oshkora (soʻz va ishlar)ni ham, yashirin narsalarni ham bilib turur.Аллоҳнинг Ўзи (унутишингизни) хоҳлаган оятлардан бошқа (бирон оятни унутмассиз). Албатта У зот ошкора (сўз ва ишлар)ни ҳам, яширин нарсаларни ҳам билиб турур.

591-sahifa · 30-juz · 60-hizb591-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagarмагарمَاnarsaniнарсаниشَآءَxohlaganхоҳлаганٱللَّهُ ۚAllohАллоҳإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уيَعْلَمُbiladirбиладирٱلْجَهْرَoshkorniошкорниوَمَاva narsaniва нарсаниيَخْفَىٰmaxfiy boʻladiganмахфий бўладиган
TafsirТафсир

Yaʼni, mabodo, Qurʼondan biror narsani unutadigan boʻlsang ham, faqatgina, Alloh taolo xohlagan narsanigina unutasan. Bundan Qurʼonga zarracha ham futur yetmasligi kelib chiqadi. Chunki, Alloh taoloning Oʻzi doimiy inoyatida saqlab turishni zimmasiga olgandan keyin, Qurʼoni Karimning biror harfiga ham zarar yetmasligi tayindir. Chunki:

«Albatta, U oshkorni ham, maxfiy narsalarni ham biladir».

Shundoq boʻlgandan keyin, Oʻz kalomiga oʻzgarish yoki futur yetganini bilmay qolarmidi. Alloh taoloning Qurʼoni Karimni saqlashi voqeʼlikda ham ayon boʻlib kelmoqda. Musulmonlar avloddan avlodga Kalomi ilohiyni omonat ila bir-birlariga oʻrgatib, bir harfiga ham oʻzgartirish kiritmay saqlab kelmoqdalar.