وَنُيَسِّرُكَ لِلْيُسْرَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va seni oson yo`lga muyassar qilamiz.Ва сени осон йўлга муяссар қиламиз.Alauddin Mansour: Biz sizni oson (Dinga) muvaffaq qilurmiz.Биз сизни осон (Динга) муваффақ қилурмиз.
Yaʼni, Seni, ey Paygʻambarim, Islom shariati yoʻliga yoʻllab qoʻyamiz. Seni Qurʼonni unutmaslikning, uni oʻrganishning va unga amal qilishning oson yoʻliga muyassar qilurmiz.
Haqiqatan, Islom osonlik, yengillik dinidir. Islom insonning toqatidan tashqari narsani taklif qilmaydi. Inson hayotining har bir sohasida unga yengillik yaratadi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ikki narsadan birini tanlashlari kerak boʻlsa, doim yengilini, osonini tanlaganlar. Shuningdek, taom, kiyim, yurish-turish, muomala va boshqa barcha narsalarda ham takallufsiz, qiyinchiliksiz, sodda, oson tarafi ixtiyor qilingan. Alloh taolo boshqa bir oyatda «Alloh sizlarga osonlikni xohlaydi, qiyinchiliklarni xohlamaydi», deydi. Afsuski, baʼzi kishilar bu asoslarni tushunmay, oʻzini ham, oʻzgalarni ham qiynoqqa qoʻyadilar.