لَّيْسَ لَهُمْ طَعَامٌ إِلَّا مِن ضَرِيعٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga tikandan boshqa taom yo`qdir.Уларга тикандан бошқа таом йўқдир.Alauddin Mansour: Ular uchun biron taom boʻlmas, (ularning yemishlari) faqat zoriyʼdan (zaharli va badboʻy tikansimon oʻsimlik) boʻlur!Улар учун бирон таом бўлмас, (уларнинг емишлари) фақат зорийъдан (заҳарли ва бадбўй тикансимон ўсимлик) бўлур!
Oʻsha jahannamiylarga beriladigan taom tikon, maxsus tikondir. Tikonning «shibriq» nomli navidir. U eng yomon, eng iflos va eng yoqimsiz taomdir. Demak, jahannamiy kimsa olovda kuyib jizgʻanak boʻlib, oʻta qaynoq buloqning suvidan ichib, ichki aʼzolari hilvirab turganda, tikonni taom oʻrnida yer ekan. U tikon tekkan yerini shilib, titib oʻtishi muqarrar. Shu bilan birga...