لَّا يُسْمِنُ وَلَا يُغْنِى مِن جُوعٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U na semirtirmas va na ochlikni ketkazmasdir.У на семиртирмас ва на очликни кетказмасдир.Alauddin Mansour: U (yegan kimsani) semirtirmaydi ham va ochliqdan xalos ham qilmaydi!У (еган кимсани) семиртирмайди ҳам ва очлиқдан халос ҳам қилмайди!
Demak, u, faqat, jahannamdagi nobakorni azoblash uchun beriladi. Ular, oʻta och qolganlaridan, oʻsha tikonni taom oʻrnida yeyishga majbur boʻladilar. Shundoq qilib, oʻta chanqaganlaridan, qaynashning yuqori nuqtasiga yetgan suvni ichib, oʻta och qolganlaridan, tikonni yeb, abadiy «mazza» qilib yuraveradilar.
Kelasi oyati karimadan jannat ahlining vasfiga oʻtiladi. Azob- uqubat bilan bilan yonma-yon rohat-farogʻat zikr qilinsa, qadri yana ham ortadi. Bu usul ham Qurʼoni Karimning oʻziga xos xususiyatlaridan.