QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fajr surasi · Oyatсураси · Оят13

فَصَبَّ عَلَيْهِمْ رَبُّكَ سَوْطَ عَذَابٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Robbing ularning boshiga turli azoblarni quydi.Бас, Роббинг уларнинг бошига турли азобларни қуйди.Alauddin Mansour: Bas, Parvardigoringiz ularning ustiga turli azob-ofatni yogʻdirdi!Бас, Парвардигорингиз уларнинг устига турли азоб-офатни ёғдирди!

593-sahifa · 30-juz · 60-hizb593-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَصَبَّbas, quydiбас, қуйдиعَلَيْهِمْularning boshigaуларнинг бошигаرَبُّكَRobbingРоббингسَوْطَqamchisiniқамчисиниعَذَابٍazob(ning)азоб(нинг)
TafsirТафсир

Ha, oʻsha nobakor, tugʻyonga ketganlarning ustidan Alloh taolo Oʻz azobini xuddi suv quygandek quydi. Od qavmi ustidan sovuq shamol azobini quydi. Samud qavmi ustidan qattiq ovoz azobini quydi. Firʼavn va uning qavmi ustidan gʻarq qilish azobini quydi.