فَأَمَّا ٱلْإِنسَـٰنُ إِذَا مَا ٱبْتَلَىٰهُ رَبُّهُۥ فَأَكْرَمَهُۥ وَنَعَّمَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّىٓ أَكْرَمَنِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachon insonni Robbi sinash uchun ikrom qilsa va ne'mat bersa, «Meni Robbim ikrom qildi», deydir.Бас, қачон инсонни Робби синаш учун икром қилса ва неъмат берса, «Мени Роббим икром қилди», дейдир.Alauddin Mansour: Bas, endi inson — qachon Parvardigori uni imtihon qilib, aziz qilib qoʻysa va unga neʼmat ato etsa darhol: «Parvardigorim (izzat-hurmatga loyiq boʻlganim uchun) meni aziz qildi», der.Бас, энди инсон — қачон Парвардигори уни имтиҳон қилиб, азиз қилиб қўйса ва унга неъмат ато этса дарҳол: «Парвардигорим (иззат-ҳурматга лойиқ бўлганим учун) мени азиз қилди», дер.
Kishilarda boylik va kambagʻallik haqida notoʻgʻri tushuncha bor. U ham boʻlsa, boylikni Alloh tarafidan izzat-ikrom, Alloh roziligining alomati, yaxshi koʻrgani uchun mol-dunyo berdi, deb eʼtiqod qiladilar.
Aksincha, kambagʻallikni esa, Alloh tarafidan xoʻrlash, xush koʻrmaganlik alomati, deb tasavvur qiladilar. Aslida esa, undoq emas. Alloh taolo molu dunyo, boylikni yaxshi koʻrgan bandasiga ham, yomon koʻrgan bandasiga ham beraveradi, shuningdek, yaxshining ham, yomonning ham rizqini tor qilib qoʻyishi mumkin. Boylik Alloh taolo tarafidan boʻlgan izzat-ikrom emas, balki imtihon–sinovdir, shuningdek, kambagʻallik ham. Sinovdan maqsad esa, Alloh taologa itoat: banda boy boʻlsa, shukr qilib, boylikni Alloh taolo koʻrsatgan yoʻlga sarflaydimi, yoʻqmi? Yoki kambagʻal boʻlsa, sabr qiladimi, yoʻqmi? Shuning uchun ham, keyingi oyatni «Kallaa» deb rad bilan boshlayapti.