كَلَّا ۖ بَل لَّا تُكْرِمُونَ ٱلْيَتِيمَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Balki sizlar yetimlarni ikrom qilmaysizlar.Йўқ! Балки сизлар етимларни икром қилмайсизлар.Alauddin Mansour: Yoʻq, (sizlar gumon qilganlaringizdek izzat-ikrom boylik bilan, xor-zor qilish — kambagʻallik bilan boʻlmas)! Yoʻq, sizlar yetimni izzat-ikrom qilmassizlar!Йўқ, (сизлар гумон қилганларингиздек иззат-икром бойлик билан, хор-зор қилиш — камбағаллик билан бўлмас)! Йўқ, сизлар етимни иззат-икром қилмассизлар!
Yoʻq! Sizlarning bu fikringiz notoʻgʻri. Alloh taolo bergan neʼmatni sinov deb bilmasdan, men oʻzim zoʻr boʻlganim uchun ikromlab berdi, deyishingiz notoʻgʻri. Ana shunday notoʻgʻri fikrda boʻlganingiz uchun ham, yetimlarni ikrom qilmaysizlar. Ularga Alloh taolo sizga bergan neʼmatdagi haqlarini bermaysizlar. Holbuki, oʻsha neʼmatda yetimning ham haqqi bor edi. Agar yetimga undan oʻziga tegishli haqqini berganingizda sinovdan yaxshi oʻtgan boʻlar edingiz. Siz esa, sinovdan oʻta olmadingiz. Shuningdek...