وَلَا تَحَـٰٓضُّونَ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir-biringizni miskinlarga taom berishga undamaysizlar.Бир-бирингизни мискинларга таом беришга ундамайсизлар.Alauddin Mansour: Miskin-bechoraga taom berishga ham bir-birlaringni targʻib qilmassizlar!Мискин-бечорага таом беришга ҳам бир-бирларингни тарғиб қилмассизлар!
Bu ham Alloh taolo tomonidan oʻzingizga berilgan neʼmatni sinov emas, shaxsingizga ikrom, deb kerilganingizdandir. Alloh taolo sizga oʻsha neʼmatni: «Bandam shukr qilarmikin, men koʻrsatgan yoʻllarga sarf qilarmikin, miskinlarga haqlarini berarmikin», deb sinash uchun bergan edi. Siz esa, Alloh meni sinash uchun bu neʼmatni berdi, agar Alloh xohlasa, meni miskin qilib, miskinni neʼmatlantirib qoʻyar edi, demadingiz. Miskinga Alloh taolo sizga omonat uchun bergan neʼmatdan bermadingiz, hattoki, bir- biringizni unga taom berishga ham undamadingiz. Bu ham yetmaganidek, sizlar...