QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fajr surasi · Oyatсураси · Оят21

كَلَّآ إِذَا دُكَّتِ ٱلْأَرْضُ دَكًّا دَكًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Vaqtiki, yer zilzilaga tushib, parcha-parcha bo`lib ketsa.Йўқ! Вақтики, ер зилзилага тушиб, парча-парча бўлиб кетса.Alauddin Mansour: Yoʻq, (bunday kirdikorlaringizdan qaytingiz)! Qachon Yer (zilzilaga tushib, barcha narsa) chilparchin qilinganda;Йўқ, (бундай кирдикорларингиздан қайтингиз)! Қачон Ер (зилзилага тушиб, барча нарса) чилпарчин қилинганда;

593-sahifa · 30-juz · 60-hizb593-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَلَّآyoʻq!йўқ!إِذَاvaqtikiвақтикиدُكَّتِzilzilaga tushsa (maydalansa)зилзилага тушса (майдаланса)ٱلْأَرْضُyerерدَكًّۭاparcha-parchaпарча-парчаدَكًّۭاparcha-parcha boʻlibпарча-парча бўлиб
TafsirТафсир

Yoʻq! Bundoq notoʻgʻri fikr va ishlardan qaytsinlar! Xomxayol boʻlmasinlar. Hali har bir insonni oldinda ogʻir sinovlar, dahshatli hodisalar, gʻaroyib voqealar kutyapti. Ana shunda koʻradilar ish qandoq boʻlishini.

«Vaqtiki, yer zilzilaga tushib parcha-parcha boʻlib ketsa», koʻradilar nima boʻlishini.