وَجَآءَ رَبُّكَ وَٱلْمَلَكُ صَفًّا صَفًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Robbing va farishtalar saf-saf bo`lib kelsalar.Ва Роббинг ва фаришталар саф-саф бўлиб келсалар.Alauddin Mansour: Parvardigoringiz va farishtalar saf-saf boʻlib kelganda;Парвардигорингиз ва фаришталар саф-саф бўлиб келганда;
Koʻradilar nima boʻlishini. Yaʼni, ey Muhammad, qiyomat kuni Robbing bandalar orasida ajrim hukmini chiqarish uchun kelganda va farishtalar saf-saf boʻlib Robbingning kofirlarni azoblash uchun chiqargan amrini ijro etish uchun kelganlarida, dinni inkor qilib, oʻzini katta tutayotgan oʻsha boy-badavlatlar Alloh taoloning sinovidan oʻta olmaganlarini anglab qoladilar.
«At-Tashiyl li ulumil tanziyl» kitobida ushbu oyat tafsirida al-Munzir ibn Saʼiydan quyidagilar keltiriladi: «Buning maʼnosi, oʻsha yerda xaloyiqqa U zotning zohir boʻlishi. Ushbu va shunga oʻxshash oyatlarga hech qanday kayfiyatsiz va oʻxshatishsiz iymon keltirish vojib».
Xuddi ana shu ehtiyot maʼnosida bir qism mufassirlarimiz «Robbing va farishtalar saf-saf boʻlib kelsalar» oyatini «Robbingning amri kelsa», deb taʼviyl qilganlar.
Kelgusi oyatda insonni kelajakda kutayotgan ogʻir sinov va hodisalar haqidagi gaplar davom etadi.