وَجِا۟ىٓءَ يَوْمَئِذٍۭ بِجَهَنَّمَ ۚ يَوْمَئِذٍ يَتَذَكَّرُ ٱلْإِنسَـٰنُ وَأَنَّىٰ لَهُ ٱلذِّكْرَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va o`sha kunda jahannamni keltirsa, o`sha kunda inson eslaydir. Lekin bu eslashdan endi ne foyda.Ва ўша кунда жаҳаннамни келтирса, ўша кунда инсон эслайдир. Лекин бу эслашдан энди не фойда.Alauddin Mansour: (Kofirlar koʻrishlari uchun) oʻsha Kunda jahannamni ham (yaqin) keltirib qoʻyilganda — ana oʻsha Kunda inson (bu koʻrganlaridan) eslatma-ibrat olur! (Ammo u Kunda) bu eslatma-ibratning foydasi) qayoqdan tegsin?!(Кофирлар кўришлари учун) ўша Кунда жаҳаннамни ҳам (яқин) келтириб қўйилганда — ана ўша Кунда инсон (бу кўрганларидан) эслатма-ибрат олур! (Аммо у Кунда) бу эслатма-ибратнинг фойдаси) қаёқдан тегсин?!
Yaʼni, oʻsha, yuqorida zikr etilgan hodisalar voqeʼ boʻladigan kunda–qiyomat kunida jahannamni keltirsa, deyilmoqda. Qiyomat kuni jahannamning keltirilishi imom Muslim Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagicha vasf qilinadi: «Oʻsha kunda jahannamni yetmish mingta tutqichining har biridan yetmish ming farishta tutib sudrab keltiradilar».
Oʻsha kunda inson oʻzining bu dunyoda qilgan kufr-nifoqlarini, isyonu gunohlarini eslaydi. Afsus-nadomat qiladi. Ammo, keyingi pushmon–oʻziga dushman. Endi eslash bilan nima foyda koʻrar edi. Ana oʻshanda...