QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fajr surasi · Oyatсураси · Оят5

هَلْ فِى ذَٰلِكَ قَسَمٌ لِّذِى حِجْرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mana shularda aql egasi uchun (qanoatlantiruvchi) qasam bordir?!Мана шуларда ақл эгаси учун (қаноатлантирувчи) қасам бордир?!Alauddin Mansour: Mana shu (qasam ichilgan narsalarda) aql egasi uchun (yetarli) qasam bordir?!Мана шу (қасам ичилган нарсаларда) ақл эгаси учун (етарли) қасам бордир?!

593-sahifa · 30-juz · 60-hizb593-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَلْbordir?!бордир?!فِى-da-даذَٰلِكَmana shularмана шуларقَسَمٌۭqasamқасамلِّذِىegasi uchunэгаси учунحِجْرٍaqlақл
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi savol yuqoridagi oyatlarda qasam ichilgan narsalar ulugʻ, eʼtiborga loyiq narsalar ekanligini qoʻshimcha ravishda taʼkidlash uchun berilgan savoldir. Yaʼni, bular aqlini ishlatgan kishilar uchun katta bir ishdir. Kimning aqli boʻlsa, Alloh taolo qasam ichgan narsalarda ajoyibotlar, Alloh taoloning cheksiz qudratiga dalil va hujjatlar borligini anglab oladi.

Boshqa suralardagi kabi, bu joyda ham mazkur qasamlar nima uchun ichilgani ochiq aytilmaydi. Arab tilining oliymaqom uslublarida shundoq uslub ham bor. Nima uchun qasam ichilgani esa, kelgusi oyatlar maʼnosidan bilib olinadi. Ularda esa, Alloh taolo avval oʻtgan kofir qavmlarni azobga duchor qilgani zikr etiladi. Shundan kelib chiqib, yuqoridagi qasamlarning javobi taqdiran: «Ushbu narsalarning Robbisi kofirlarni albatta azoblaydi», boʻladi.