QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Layl surasi · Oyatсураси · Оят10

فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلْعُسْرَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni qiyinga muyassar qilamiz.Бас, Биз уни қийинга муяссар қиламиз.Alauddin Mansour: Bas, Biz uni (dunyo va Oxiratda baxtsiz boʻladigan) ogʻir yoʻlga «muyassar» qilurmiz!Бас, Биз уни (дунё ва Охиратда бахтсиз бўладиган) оғир йўлга «муяссар» қилурмиз!

596-sahifa · 30-juz · 60-hizb596-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَسَنُيَسِّرُهُۥbas, Biz uni muyassar qilamizбас, Биз уни муяссар қиламизلِلْعُسْرَىٰqiyingaқийинга
TafsirТафсир

Yaʼni, Biz uni qiyin yoʻl–zalolat yoʻliga, qiyin eʼtiqod–kufrga, qiyin amal–gunohga va qiyin oqibat–doʻzaxga muyassar qilamiz.

Darhaqiqat, dunyoda zalolat yoʻlidan qiyinroq yoʻl yoʻq. U yoʻldan kim yursa, halokat jariga qulashi turgan gap. Bu dunyoda kufr eʼtiqodidan qiyin eʼtiqod yoʻq. Kufrda boʻlganlarning umri maʼnaviy qiyinchilikka botib oʻtadi. Bu dunyoda gunohdan qiyin amal ham yoʻq. U amalni qiluvchi ham bandaning, ham Alloh taoloning qahriga uchraydi.

Ammo, mazkur kofir va osiylarning jazolari bu bilan tugamaydi. Ularning haqiqiy va asosiy jazolari oldinda turibdi. Oxiratda...