وَمَا يُغْنِى عَنْهُ مَالُهُۥٓ إِذَا تَرَدَّىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U qulagan vaqtda unga mol-mulki foyda bermas.У қулаган вақтда унга мол-мулки фойда бермас.Alauddin Mansour: Va u (doʻzaxda) halok boʻlgan vaqtida molu dunyosi unga foyda bermas!Ва у (дўзахда) ҳалок бўлган вақтида молу дунёси унга фойда бермас!
Ha, u jahannamga qulagan vaqtda bu dunyoda bino qoʻyib, ishonib yurgan molu dunyosi unga hech qanday foyda bermaydi. Aksincha, uning zarariga hujjat va dalil boʻlib xizmat qiladi.
Shu yerda muhim bir masalani eslab qoʻyishimiz lozim. Bu masala ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan davr talabini tushunishga bogʻliq. Maʼlumki, Islomning dastlabki davrida faqat eʼtiqod masalasi oldinga surilgan. Kim aqiydasini tuzatsa, moʻmin-musulmon boʻlib jannatga tushishi qayta-qayta aytilgan. Yana oʻsha vaqtning talabidan kelib chiqib boshqa baʼzi narsalar, jumladan, ushbu biz oʻrganayotgan oyatlardagiga oʻxshab xayr-sadaqa qilishga ham targʻib qilingan va uni qilganlarga jannat vaʼda qilingan. Shuning uchun, ushbu oyati karimalarni oʻrganayotgan paytimizda nima uchun jannatga kirishga sabab boʻladigan namoz, roʻza, jihod kabi narsalar zikr qilinmadi ekan, degan xayolga bormasligimiz lozim. Qolaversa, har qachon jannat yoki doʻzax zikr qilinganda, ularga kirishga sabab boʻladigan hamma narsani birma-bir sanab chiqishning hojati ham yoʻq. Falon amalni qilgan odam jannatga kiradi, degani, jannatga kirishga sabab boʻladigan amallardan birini qildi, deganidir.
Keyingi keladigan oyatlarda Alloh taolo hidoyat ishi Oʻz zimmasida ekani, oxirat ham, bu dunyo ham Oʻziniki ekani, bandalarini doʻzaxdan ogohlantirib qoʻygani haqida soʻz yuritadi.