QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Layl surasi · Oyatсураси · Оят5

فَأَمَّا مَنْ أَعْطَىٰ وَٱتَّقَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ammo kimki (ato) bersa va taqvo qilsa...Аммо кимки (ато) берса ва тақво қилса...Alauddin Mansour: Ana endi kim (oʻz mol-davlatidagi kambagʻal-bechoralarga berilishi lozim boʻlgan zakot va boshqa sadaqotlarni) ato etsa va (Allohdan) qoʻrqsa;Ана энди ким (ўз мол-давлатидаги камбағал-бечораларга берилиши лозим бўлган закот ва бошқа садақотларни) ато этса ва (Аллоҳдан) қўрқса;

595-sahifa · 30-juz · 60-hizb595-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَمَّاbas, ammoбас, аммоمَنْkimkiкимкиأَعْطَىٰ(ato) bersa(ато) берсаوَٱتَّقَىٰva taqvo qilsaва тақво қилса
TafsirТафсир

Alloh taolo bergan molu dunyodan Alloh taolo Oʻzi koʻrsatgan joylarga sarflash, jumladan, muhtoj kishilarga ato berish ham ibodatdir. Alloh taolo koʻrsatmasi boʻyicha pul-mol sarflash moliyaviy ibodat hisoblanadi. Moliyaviy ibodatni «sadaqa» ham deyiladi. Sadaqaning lugʻatdagi maʼnosi «tasdiqlash»dir. Kishilar tillari bilan iymonli ekanliklarini daʼvo qilaveradilar. Ular baʼzi badaniy-jismoniy ibodatlarni ham qilaveradilar. Ammo iymon tasdigʻini koʻrsatish molu dunyo sarflashga kelganda bilinadi. Oʻzidan kechib Alloh taolo koʻrsatgan joyga molu dunyo sarflagan odamning iymoni tasdiqlanadi. Islom bundoq ibodatga oʻzining birinchi kunlaridan boshlab daʼvat qilgan. Mana shu oyati karimalarda ham insonning turli yaxshi ishlari qatorida birinchi boʻlib moliyaviy ibodat zikr qilinmoqda. Albatta, har bir ibodat uchun shart boʻlgan taqvo moliyaviy ibodatga ham shartdir. Taqvosiz qilingan moliyaviy ato notoʻgʻri boʻlishi, riyo, minnat yoki boshqa nomaqbul omillar aralashib ketishi mumkin.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning bergan kuni kanda qilmasdan ikki farishta botayotgan quyoshning ikki tarafida turib nido qiladilar. Ularning nidosini odamlar va jinlardan boshqa hamma maxluqot eshitadi: «Ey bor Xudoyo! Nafaqa beruvchiga (bergani oʻrniga yana mol-dunyo) bergin, mumsik (baxil)ning (molini) yoʻq qilgin», deganlar va soʻng shu oyatlarni tilovat qilgan ekanlar.