Al-Layl surasi · Oyatсураси · Оят7
فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلْيُسْرَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni osonga muyassar qilamiz.Бас, Биз уни осонга муяссар қиламиз.Alauddin Mansour: Bas, Biz uni oson yoʻlga muyassar qilurmiz.Бас, Биз уни осон йўлга муяссар қилурмиз.
595-sahifa · 30-juz · 60-hizb595-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَسَنُيَسِّرُهُۥbas, Biz uni muyassar qilamizбас, Биз уни муяссар қиламизلِلْيُسْرَىٰosongaосонга
TafsirТафсир
Oʻtgan oyatdagi «goʻzal» soʻzi haqida aytgan gaplarni ushbu oyatdagi «oson» soʻzi haqida ham aytishimiz mumkin. Yaʼni, kim molu dunyosidan sadaqa qilsa, taqvo qilsa, goʻzal kalima, millat va oqibatni tasdiq qilsa, Biz uni oson yoʻlga, dinga, amalga va oqibatga muyassar qilamiz. Oson yoʻl–hidoyat yoʻli, bu yoʻlda hech qanday qiyinchilik yoʻq. Oson din–Islom dini, bu dinning aqiydasida ham, ibodatlarida ham hech bir qiyinchilik yoʻq. Oson oqibat–jannat, unda hamma narsa osonlikdan iborat.