عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bandani namoz o`qiyotganida?!Бандани намоз ўқиётганида?!Alauddin Mansour: Bir bandani (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomni) (namozidan toʻsadigan kimsani koʻrdingmi?!)Бир бандани (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломни) (намозидан тўсадиган кимсани кўрдингми?!)
Yaʼni, namoz oʻqiyotgan bandani namozdan qaytaruvchining, uni namoz oʻqitmaslikka harakat qiluvchining tugʻyonga ketganini koʻrdingmi?
Rivoyatlarda kelishicha, Makka mushriklari rahbari Abu Jahl, Muhammadning Kaʼba yonida namoz oʻqiyotganini koʻrsam, boʻynidan oyogʻim bilan bosaman, degan ekan. Bu xabar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga yetganda, u zot, menga yaqinlashsa, uni farishtalar olib ketishadi, degan ekanlar. Shunga binoan, bu oyatlardagi namoz oʻquvchidan murod–Muhammad sollallohu alayhi vasallam, namozdan qaytaruvchi esa, Abu Jahldir.