أَرَءَيْتَ ٱلَّذِى يَنْهَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qaytarganni ko`rdingmi?!Қайтарганни кўрдингми?!Alauddin Mansour: (Ey inson), toʻsuvchi kimsani koʻrdingmi?!(Эй инсон), тўсувчи кимсани кўрдингми?!
Yaʼni, namoz oʻqiyotgan bandani namozdan qaytaruvchining, uni namoz oʻqitmaslikka harakat qiluvchining tugʻyonga ketganini koʻrdingmi?
Rivoyatlarda kelishicha, Makka mushriklari rahbari Abu Jahl, Muhammadning Kaʼba yonida namoz oʻqiyotganini koʻrsam, boʻynidan oyogʻim bilan bosaman, degan ekan. Bu xabar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga yetganda, u zot, menga yaqinlashsa, uni farishtalar olib ketishadi, degan ekanlar. Shunga binoan, bu oyatlardagi namoz oʻquvchidan murod–Muhammad sollallohu alayhi vasallam, namozdan qaytaruvchi esa, Abu Jahldir.