QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zalzalah surasi · Oyatсураси · Оят4

يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ أَخْبَارَهَا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda u (er) o`z xabarini aytadir.Ўша кунда у (ер) ўз хабарини айтадир.Alauddin Mansour: Ana oʻsha Kunda Yer oʻz xabarlarini soʻzlar!Ана ўша Кунда Ер ўз хабарларини сўзлар!

599-sahifa · 30-juz · 60-hizb599-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَئِذٍۢoʻsha kundaўша кундаتُحَدِّثُu (yer) aytadirу (ер) айтадирأَخْبَارَهَاoʻz xabariniўз хабарини
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha shiddatli va oʻta qoʻrqinchli qiyomat kunida yer oʻz ustida qilingan yaxshilik va yomonliklarning hammasining xabarini aytib beradi. Oʻsha kunda yer har bir insonning oʻz ustida nima ishlar qilgani haqida batafsil xabar beradi.

Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Oʻsha kunda u oʻz xabarini aytadi»,–oyatini qiroat qildilar va:

«Uning xabari nimaligini bilmaysizlarmi?»–dedilar.

«Alloh va Uning Rasuli biluvchiroq», deyishdi.

«Albatta, uning xabari har bir banda va choʻriga oʻz ustida nima qilgani haqida guvohlik berishidir. U falon kuni falon, falon ishni qildi, deb aytadir. Bas, ana shular uning xabarlaridir», dedilar u zot.

Imom Tobaroniy rivoyat qilgan hadisda esa: «Yerdan hushyor boʻlinglar. Zotan, u onangizdir. Albatta, uning ustida qaysi bir yaxshi yoki yomon amal qiluvchi boʻlsa, u albatta aning xabarini beruvchidir», deyilgan.

Yerning bundoq qilishi...